FIZIKA FANI AMALIY MASHGULOTLARIDA, LABARATORIYALARIDA O’QUVCHILAR MAVZUNI TERANROQ ANGLASHI UCHUN SUNIY INTELLEKT JIHOZLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 17-fevral kuni - Sun‘iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart sharoitlar yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida 4996-sonli qarori imzolandi va shu orqali bosqichma-bosqich har bir sohada raqamli texnologiyalarga bo‘lgan iziqish va jihozlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Umumta‘lim maktablarida fizika fani murakkab va o'rganilishi bir muncha murakkab bo’lgan fanlar qatoriga kiradi. O'quvchilarga bu fanni o'rgatish uchun maktab darsliklari mukammal tarzda taklif etilgan bo'lishi kerak. Amalda foydalanilib kelinayotgan darsliklar o’quvchilarning bu fanni o’rganishlarida katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin ta’lim isloh qilinayotgan va yaqin yillar ichida halqaro standartlarga javob beradigan, yangicha ta’lim sistemasi shakllantirilayotgan bir paytda fizika fani darsliklarining ham o’zgartirilishiga ehtiyoj paydo bo’ladi.Shu sababli mukammal darsliklarning taklif etilishida eng avval mutaxasislar kerakli tavsiya va takliflarni bildirishi lozim. So'ngra esa taklif etilgan kitoblar orasida sog'lom raqobatni shakllantirib, ulardan munosiblarini chop etishga ruxsat berilganda ko'zlangan natijaga erishiladi.Quyida fizika fani darsliklaridagi holat va ularni halqaro talablariga mos kelishi uchun qilinadigan tavsiyalarni keltirib o'taman.