Tenglama tushunchasi
Keywords:
fikrlarni, qo’shiluvchini, tushuntirib, matematikaAbstract
Tenglama tushunchasi maktab matematika kursida konkret-induktiv metod orqali kiritiladi. O’quvchilar IV sinfgacha natural sonlar ustida ta’rifsiz to’rt amalni bajarishni o’rganadilar, so’ngra o’quvchilarga qo’shish, ayirish, bo’lish amallarida qatnashayotgan komponentlardan ikkitasi ma’lum bo’lganda noma’lum qatnashayotgan komponentni topish o’rganiladi. Bunda ana shu topilishi kerak bo’lgan komponentni harf bilan belgilanadi. Masalan, qanday songa 4 ni qo’shsak, 7 soni hosil bo’ladi? (x + 4 = ?). Qanday sondan 8 ni ayirsak, 10 soni hosil bo’ladi? (x–8=10?). Qanday sonni 5 ga bo’lsak, 7 soni hosil bo’ladi? (x : 5 = 7?), 18 soni qanday songa bo’linsa, 3 soni hosil bo’ladi? (18:x=3?). Shu xildagi savollar asosida harfiy ifoda qatnashgan to’rt amalga doir tengliklarni hosil qilishimiz mumkin. O’quvchilar x + 4 = 7 tenglikdagi noma’lum x sonini topishni ayirish mavzusidan biladilar, ya’ni "noma’lum qo’shiluvchini topish uchun yig’indidan ma’lum qo’shiluvchini ayirish kerak'' degan qoidaga ko’ra berilgan x + 4 = 7 tenglikdagi noma’lum sonni quyidagicha topadilar: x=7–4=3. Ana shu fikrlarni o’quvchilarga tushuntirib, so’ngra x+4=7 tenglik matematika kursida tenglama deb atalishini, so’ngra unga berilgan quyidagi ta’rifni keltirish mumkin