ZAIF ESHITUVCHI OʻQUVCHILARI NUTQIDA GAP QURILISHINI SHAKLLANTIRISH METODLARI
Keywords:
mazmunan, muayyan, nuqsoni, nutqiyAbstract
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash yo‘llari hamda usullarini belgilash tadqiqotimizning maqsadini tashkil etar ekan, nutqning lingvistik va psixologik-pedagogik asoslarini ko‘rib chiqmay turib, ushbu muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Ushbu yo‘nalishda ish olib borgan barcha tadqiqotchilar nutq va tafakkur birligi to‘g‘risidagi g‘oyaga tayanadilar. Nutqiy rivojlanishning tavsifi hamda uning o‘ziga xos jihatlari ko‘plab lingvistik, psixologik va metodik tadqiqotlarning yetakchi g‘oyasini tashkil etgan bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, muayyan kommunikativ vazifani bajaradigan, bitta nutq ob’ekti bilan ravon hamda nisbatan tugal fikrni ifoda etgan iboralar guruhi og‘zaki ravon nutq birligi bo‘lib xizmat qiladi. Tilshunoslik nuqtai nazardan ravon nutq u yoki bu darajada muhim mustaqil qismlarga bo‘linadigan «nutq qismi» hisoblansa, psixologiya fanida so‘zlovchining fikrini, xohish-istagini bildiradigan har qanday nutq, ma’lum ma’noda, uning o‘zi uchun ravon nutq hisoblanadi. Og‘zaki ravon nutq kishilarning bir-birlari bilan muloqot qilish vositasi bo‘lgan tashqi, ohangdor va talaffuz etiladigan nutq turiga mansubdir. N.D.Shmatkoning fikricha, ravon nutq kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikr bo‘lib, og‘zaki nutq «matnlari» bevosita so‘zlash jarayonida yaratiladi , lekin eshitish faolyatini yo‘qligi yoki qisman yo‘qligi , nutqiy kamchiliklar maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash jarayoniga to‘siq bo‘ladi.