NIZOMIY GANJAVIY HAYOTI VA IJODINING O’ZIGA XOSLIKLARI
Keywords:
Nizomiy Ganjaviy hayot va ijod yo’li, Alisher Navoiy, milliy adabiyot taraqqiyotiAbstract
Abu Muhammad Ilyos binni Yusuf Nizomiy hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti haqida juda kam ma’lumot qolgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, kimyo, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan. Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanulasror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar. «Xusrav va Shirin» dostonini 1341-yilda Qutb, «Xaft paykar» asarini esa Ogahiy tarjima qilgan. Navoiy bilan bir qatorda barcha o‘zbek shoirlari Nizomiyni ustoz deb bilishgan. Ushbu maqolada, Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodining o’ziga xosliklari haqida fikr va mulohazalar qilinadi.