CAUSES OF SPEECH DISORDERS IN CHILDREN AND MEASURES TO PREVENT THEM

Authors

  • Salamova F NDPI o’qituvchisi
  • Rimbayeva Ozoda N DPI talabasi 1-kurs

Keywords:

nutq, nutq buzilishlari, logoped

Abstract

Dunyo miqyosida aholi salomatligini yaxshilash va tug'ilajak bolalarni sog'lom qilib dunyoga keltirish, ularda turli kasalliklarning oldini olish va davolashga katta e'tibor qaratilmoqda. Afsuski hozirgi kunda ayrim og'ir kasalliklar kichik yoshli bolalarda ham ko'p uchrayotgani achinarli holar. Bunday kasalliklarga Serebral falajlik ( mushak tonusidagi patalogiyalar, giperkinez, nutqdagi kamchiliklar, harakat koordinatsiyasi buzilishi, bolaning matorik va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolishi), gidrosefaliya (bosh miyada suv to'planishi), alaliya ( nutqning yo'qolishi), autizm (tashqi olam bilan muloqot qilishni hohlamaslik) va shu kabi bishqa kasalliklarni keltirishimiz mumkin. Bolalarda uchraydigan kasalliklar qatorida nutq nuqsonlariga alohida to'xtalishimiz lozim. Chunki har bir inson nutq orqali atrof-olam bilan muloqot qiladi, axborot almashadi va o'z fikrlarini boshqalarga yetkazib beradi. Insonning aqliy tomondan rivojlanishi bevosita nutq bilan bog'liq. Ya'ni biz eshitish orqali gapiramiz, gapirish davomida bizda fikrlash, fikrlash natijasida esa tafakkur rivojlanadi. Bunda ko'rinib turibdiki insonni boshqa mavjudotlardan yuksakroq pog'onaga olib chiqib turgan ham, unda rivojlangan eng yuksak xususiyat ham nutqdir. Xo'sh, nima uchun bolalarda nutq buzilishlari kelib chiqadi degan savolga javob berishga harakat qilib ko'raylik. Nutq buzilishlari bolaning ona qornida rivojlanish davrida onadagi turli infeksion kasalliklar, mexanik shikastlanishlar, turli irsiy kasalliklar va bolaning nerv hujayralari notog'g'ri rivojlanishi yoki umuman rivojlanmay qolishi natijasida va boshqa ko'plab ta'sirlar oqibatida kelib chiqadi.

Downloads

Published

2022-04-15

Issue

Section

Articles

How to Cite

CAUSES OF SPEECH DISORDERS IN CHILDREN AND MEASURES TO PREVENT THEM. (2022). Conference Zone, 107-108. https://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/458