PROBLEMS SYSTEMATIZATION OF CURRENT LEGISLATION WITH CERTIFICATION

Authors

  • Mirzayeva Lola TDYU, Toshkent

Keywords:

Xodimlarni, asoslashni, attestatsiyadan, nizolarini

Abstract

Bugungi kunga kelib xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelishi bilan birga, attestatsiyadan o‘tgan har bir xodimning ijobiy salohiyatidan yanada oqilona foydalanishga xizmat qilishi kerak. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni huquqiy tartibga solish muammosi, bizning fikrimizcha, mehnat qonunchiligida eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib, katta amaliy ahamiyatga ega, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, bu muammo mehnat huquqi fanida eng kam o‘rganilgan muammolardan biridir. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar aksariyati tarmoq yoki idoraviy xususiyatga ega bo‘lib, mehnatkashlar manfaatiga daxldor fundamental masalalarni hal etishda yagona yondashuv mavjud emasligi bugungi kunda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratmog‘imiz kerakligi talab qiladi. Xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar huquqning bir qancha sohalariga va birinchi navbatda, mehnat huquqiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Attestatsiyaning tobora ortib borayotgan ahamiyatiga qaramay, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida xodimlarni attestatsiyadan o'tkazishni huquqiy tartibga solish masalalari bo'yicha yetarlicha normalar mavjud emas. Birgina ish beruvchining xodim bilan mehnat shartnomasini uning egallab turgan lavozimiga yoki bajargan ishiga nomuvofiqligi, attestatsiya natijalari bilan tasdiqlangan malakasi yetarli emasligi sababli bekor qilish huquqi mavjudligi (100-modda 2-qismi, 2- bandi) ko'rsatilgan. Xodimlarni attestatsiyadan o'tkazishning me'yoriy-huquqiy bazasi bilan bog'liq bunday holat mehnat qonunchiligi samaradorligini pasaytiradi, mehnat nizolarini keltirib chiqaradi, tashkilotlardagi ijtimoiy-psixologik muhitni yomonlashtiradi va xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish to'g'risidagi qonun hujjatlarini optimallashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni asoslashni taqozo etadi

Downloads

Published

2022-04-15

Issue

Section

Articles

How to Cite

PROBLEMS SYSTEMATIZATION OF CURRENT LEGISLATION WITH CERTIFICATION. (2022). Conference Zone, 109-111. https://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/459