O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNING JORIY HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLARI

Authors

  • Akbarov Sardor Sodiqjon o'g'li Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika Logopediya yo’nalishi 1 bosqich talabasi

Keywords:

muasasalarida, inklyuziv, amalga, qaror

Abstract

Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860- son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida “Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish, mazkur toifa bolalarni har tomonlama kompleks rivojlantirishning innovatsion va axborot-kommunikasion texnologiyalarini amaliyotga joriy etish”1 ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Natijada, mamlakatimizda sog‘lom bolalar kabi kar va zaif eshituvchi bolalarni har tomonlama sifatli ta’lim bilan ta’minlash, mexanizmlarini yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ta’lim tizimini joriy etish har doim ma’lum bir qonun-qoidalarga, tamoyillarga va asoslarga tayanishi lozim. Bugungi kunda O’zbekistonda 250000ga yaqin nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Shuni inobatga olgan holda respublikamizda nogironligi bo’lgan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda butun dunyo mamlakatlari, jumladan O’zbekistonda ham inklyuziv ta’limni amalga oshirish bo’yicha turli qaror va qonunlar ishlab chiqilgan

Downloads

Published

2022-04-10

Issue

Section

Articles

How to Cite

O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNING JORIY HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLARI. (2022). Conference Zone, 4-5. https://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/421