PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI VA UNING AHAMIYATI

Authors

  • Tursunova Gavhar Ibragimovna Surxondaryo viloyati Denov tumani 79-umumiy o’rta ta’lim maktabi “ Boshlang’ich sinf ” o’qituvchisi

Keywords:

PIRLS xalqaro baholash dasturi, uning tashkil etilish jarayoni, baholash mezonlari, talablari

Abstract

Hozirgi tezkor davrga kelib har qanday sohadagi globallashuv jarayoni jamiyat hayotining muhim omillaridan biri bo’lmoqda va o’z navbatida, fan-texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o’sishiga, shuningdek, ta’lim sohasidagi integratsiya jarayoning yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda. Ta’limning sifati, kadrlar kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi globallashuv davrining muhim xususiyatlariga aylanib ulgurgan. Rivojlangan mamlakatlar yoshlar ta’limining jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi o’rnini muhim deb hisoblaydi. Shu bois ham ular ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Ayni davrda yurtimizda ham ta’lim sohasidagi sifat tushunchasi ancha ommalashib ulgurdi. Kelajak yosh avlodning intelektual salohiyatini oshirish, keng dunyoqarashini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat uchun, balki, xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim hisoblanadi. Shuning uchun ta’lim sifati, ta’lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko’pgina xalqaro tashkilotlar ma’lum bir talabgor davlatlarda ta’lim sohasini baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, ALL kabi xalqaro baholash dasturlarini amaliyotga tatbiq etishgan. Jumladan, PISA va PIRLS tadqiqotlarida O’zbekistonning ham ishtirok etishi to’g’risida kelishuv imzolanganligi O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga zamin yaratadi va yosh avlodning intelektual faolligini oshirish, ularning ta’limdagi kompetentligini va kreativligining rivojlanishiga hissa qo’shadi. Bugungi kunda bu kabi baholash dasturlarini ta’lim jaraoyoniga integratsiya etish juda zarurdir. Quyida maqolani o’qish davomida bu baholash dasturlaridan biri – PIRLS haqida ko’proq bilib olishingiz mumkin.

Downloads

Published

2022-04-10

Issue

Section

Articles

How to Cite