6- SINF O‘QUVCHILARDA MONOLOGIK NUTQNI ESHITIB TUSHINISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA TADQIQI

Authors

  • Sa’dullayeva Fayyoza Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va dabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi

Keywords:

monologik, tushunish, yakunida, savol

Abstract

Ushbu maqolada 6-sinf o‘quvchilarda monologik nutqni eshitib tushinish malakasini shakllantirish bo‘yicha tajriba tadqiqi haqida ma’lumot beriladi. Asosan o‘quvchilarning monologik matnni qay darajada tushunganliklari bayon etiladi. Tajriba sinovi Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli 38-IDUM da olib borildi. Tajriba 5-noyabrdan boshlanib, 18-martgacha davom etdi. 6-A sinf o‘quvchilari tajriba sinoviga qatnashishdi.Sinf ikki guruhga ajratilib, ular tajriba guruhi va nazorat guruhi deya ataldi. Tajriba guruhida 13 nafar, nazorat guruhida esa 13 nafar o‘quvchi taqsimlandi. Tajriba sinovining birinchi darsida har ikkala guruhdan bir xil turdagi boshlang‘ich nazorat ishi olindi. Mashg‘ulot uchun tanlab olingan matnlar audio ko‘rinishida taqdim etildi va har bir darsda ikki- uch martadan o‘qib eshittirildi. Sinov davrida tajriba guruhiga eshitib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar berib borildi. Ular turli xil mavzudagi audio matnlar asosida yaratilgan savol va topshiriqlar, turli xil diagrammalar, jadvallardan iborat bo‘lib, bu topshiriqlar o‘quvchilarda eshitib tushunish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tajriba guruhida sinov bo‘layotgan bir paytda nazorat guruhi odatiy dars mashg‘ulotlarini o‘tashdi. Sinov yakunida har ikkala guruhdan ham bir xil nazorat ishi olindi. Tajriba davomida olingan har bir mashg‘ulotlar tekshirilib, kerakli ko‘rsatkichlar orqali baholanib, tahlil qilindi. Tahlil natijalari tajriba guruhining eshitib tushunish borasida sezilarli darajada o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rsatdi.

Downloads

Published

2022-05-31

Issue

Section

Articles

How to Cite

6- SINF O‘QUVCHILARDA MONOLOGIK NUTQNI ESHITIB TUSHINISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA TADQIQI. (2022). Conference Zone, 331-337. https://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/598