Ватанни Севиш – Маънавий Жасоратдир

Authors

  • Botirov Uchqun Vofoqulovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti o’qituvchisi

Abstract

Vatan – kishilarning tug‘ilib o‘sgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, o‘ziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui1 . Inson o‘z kindik qoni to‘kilgan, tug‘ilib o‘sgan diyorini Vatan deydi, ammo har bir inson bu tushunchaga o‘z ma’naviy kamolot darajasidan kelib chiqib yondashadi. “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim”, deydi birov, boshqasi tug‘ilgan shahar yoki qishlog‘ini Vatanim, yurtim deb ataydi. Vatan – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda – butun bir xalq, ularning ajdodlari azaldan istiqomat qilib kelgan hudud. Tor ma’noda kishi tug‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi. Insonning uyli-joyli, boshpanali bo‘lishi ham Vatan ma’nosida anglanadi. Vatan ostonadan boshlanadi. 1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2-жилд. Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2001. – Б. 395. 162 Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib kamol topib boradigan zamindir. Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir. Vatan – ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk, bebaho meros, eng aziz xotira. Vatanni avaylab asrash, uning boyligini e’zozlash har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lgani kabi kurrai zamin – Yer sayyoramizni ham avaylab asrashga, uning barcha boyligi: tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, musaffo osmonni va boshqalarni kelgusi avlodlarga qoldirish yo‘lida har bir kishi o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Vatan – bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan muqaddas qadriyat. Inson uchun vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambag‘ali ham bo‘lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi. Vatan in’om etilmaydi, qarzga berilmaydi.

Downloads

Published

2022-09-27

Issue

Section

Articles

How to Cite

Ватанни Севиш – Маънавий Жасоратдир. (2022). Conference Zone, 12-14. https://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/697